1.  Ko‘z, qosh, qo‘l, bosh va boshqalar harakati bilan berilgan belgi, imo, shuningdek, gap bilan yashirin tarzda ifodalangan ma’no; shama.
                
                                        Ho‘kizga — turtki, donoga ishora kifoya.
                        Maqol
                        
                        Safarov ko‘z va qosh ishorasi bilan Samandarovga: Evida-da! Bu gaplar, bu muomala ortiqcha, deganday qildi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        Mingboshi tomdagi karnaychilarga bas ishorasini qildi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
                        
                        Zulfiqor ba’zan bu qiz nima demoqchi, deganday xayolga cho‘mar, Badianing xatti-harakatlari, qiliqlari, gaplaridagi ishora uni chuqur o‘ylashga majbur etardi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
                        Zumrad Mavlon Isayevichning ishorasini tushundi: Axir men tufayli kelding bu yerlarga, tentak. Bo‘lmasa, yurarding hozir dala kezib.
                        S. Siyoyev, Otliq ayol
                        
            
            
                2.  Ma’lum ma’no ifodalovchi, vazifa bajaruvchi belgi, alomat.
                Trigonometrik funksiyalarning ishoralari.
                    ▬
                                        Ro‘zimboy akaning choyxonasida Ramazon no‘g‘ay o‘qiydigan gazetalarda nozik ishoralar bor edi.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
                        Maktubdagi tushunish qiyin bo‘lgan nuqta va ishoralar yana bir qayta zahar sochib o‘tgandek bo‘ldilar.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar