1.  Yuz, ko‘z, qosh jilvasi; noz, ado.
                
                                        Bir ishva bilan jonon devona qilib ketdi.
                        Hamza, Paranji sirlari
                        
                        Qiz ko‘zlarida ibo va ishva bilan yana o‘zining o‘sha qarashidan qildi.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
                        Juvon nozdan ko‘ra o‘pkaga yaqin bir ishva bilan ta’na qildi: — Shunaqa, esingizni olib qo‘yishgan.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.