1. ot ot Jism tarkibidagi molekulalar harakati (yonish, kimyoviy reaksiya va shu kabilar) natijasida yuzaga keladigan va jismlarni qizdiradigan, isitadigan kinetik energiya; issiqlik, harorat. Quyoshning issig‘i. Olovning issig‘i.
                
                                        Issiq birmuncha bo‘shashgandek tuyulsa ham, dimlik zaptida edi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Sharofatxon supaning chetiga kelib o‘tirdi, oq shohi ro‘moli bilan yelpinib, issiqdan shikoyat qildi. Oybek,
                        Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2. ot ot Kasallikda yuzaga keladigan (ko‘tariladigan) harorat; isitma.
                
                                        Oftob oyim erining so‘zini kuchlab tushdi: Issig‘i bor, yuzi ham qizarib, bo‘rtib turibdi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Issig‘im ko‘pligidan suv ustiga suv ichar edim.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                3. sft. ft. Yuqori haroratli, biror manba harorati bilan isigan, qizigan; issiq holatli.
                Issiq suv. Havo issiq.
                    ▬
                                        Shundoq issiq kunda qora ko‘ylak kiyishidan azadorligi bilinib turardi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        Sherbek uning qo‘lini issiq kaftlari orasiga oldi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
            
            
                4. sft. ft. Issiqlikni saqlaydigan, issiq tutadigan.
                
                                        [Egnida] Issiq va yangi palto, oyog‘ida ichi jun botinka, qorako‘l qalpoq, qorni to‘q. Mirmuhsin,
                        Umid
                        
                        Issiq kiyingan yo‘lovchilar dam-badam burun va quloqlarini ushlab, o‘z tashvishlari bilan yugurib-yelardilar.
                        O‘. Usmonov, Sirli sohil
                        
            
            
                5. ot ot Qozon ovqati, pishirilgan (issiq) taom.
                
                                        Yaxshiyam shu qo‘shning bor ekan, dugonang. Boshim yostiqqa tegganda, o‘zi, bolalari o‘tib, bir qoshiq issiq qilib beradi, do‘xtir chaqirib keladi.
                        S. Nurov, Narvon
                        
                        Kechadan beri [Kumushning] ichiga issiq kirgani yo‘q.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Hammamiz deyarli har kun bir qoshiq issiqqa muhtojmiz.
                        A. Qodiriy, Kichik asarlar
                        
            
            
                6. sft. ft. Ko‘chma Kishiga xush keladigan; yoqimli.
                
                                        Yulduzxon unga yengilgina bosh irg‘adi va bir kulib qaradiki, Muhiddin shu vaqtgacha qizlar kulgisining bu qadar jozibali, chiroyli, issiq bo‘lishini sira uchratmagan edi.
                        R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
                        
                        Luqmoncha xuddi yumalaganday yugurib, medpunktga kirib borarkan, Elchibek uni chaqirib, bir issiq gap aytgisi keldi.
                        A. Muxtor, Tug‘ilish