1.  Kelgusi zamon, kelgusidagi holat, hayot; kelajak.
                
                                        Na hozirgi holati, na istiqboli unga hech narsa va’da qilmas edi.
                        A. Qahhor, Sarob
                        
                        Anvar istiqbolda qanchalik mushkulot va xatar ko‘rmasin, bu jasoratni xush qabul qilishga majbur, chunki muhabbatdan ham ilgari yigitlik taqozosi shu edi.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
            
            
                2.  Kelgusiga oid, kelajak bilan bog‘liq narsa, ish va shu kabilar
                
                                        Yakun va istiqbollar.
                        Gazetadan
                        
                        O‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik uchun chinakam istiqbollar ham belgilab olindi.
                        Gazetadan
                        
                        Bundan maqsad bu konlarning qachon ochilgani, qancha muddat foydalanilgani va, nihoyat, ularning istiqbolini aniq belgilash ustida ilmiy ish olib borish edi.
                        S. Karomatov, Oltin qum
                        
            
            
                3.  Qarshi olish, qarshilash (va uning belgisi, ifodasi).
                
                                        Yigitali qadamini tezlatdi-yu, negadir qiz istiqboliga oshiqmadi.
                        D. Nuriy, Osmon ustuni
                        
                        Cho‘lbobo istiqboliga ayollar o‘rinlaridan turdilar, unga to‘rdan joy ko‘rsatdilar.
                        H. G‘ulom, Feruza
                        
                        Umid uzoqdan Hafiza kelayotganini ko‘rib, istiqboliga yura boshladi.
                        Mirmuhsin, Umid
                        
                        Ikki soldat bilan istiqboliga chiqdi.
                        S. Ahmad, Ufq