1.  Sinfiy, milliy, huquqiy manfaatlarni himoya qilib ko‘tariladigan qo‘zg‘olon; g‘alayon.
                
                                        Bu [isyon] — ulug‘ xalq isyoni, bu — asrlardan buyon davom etgan jabrga, qullikka qarshi mustamlaka kambag‘allarining qo‘zg‘oloni, dahshatli zarbasi edi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Qarshilik, norozilik bilan qo‘zg‘aluvchi, tug‘yon uruvchi his-tuyg‘u.
                
                                        Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak.
                        Gazetadan
                        
                        Zulm, taxtga qarshi isyon Sharq ko‘ksida to‘lib toshdi.
                        G‘ayratiy
                        
                        yuragida yig‘ilgan hamma dard-u sitamlari, hamma alam, hamma isyonlarini to‘ksa arziydigan qasosli onlar keldi.
                        O. Yoqubov, Ko‘hna dunyo