1.  Isyon ko‘taruvchi yoki isyon ko‘targan; isyonchi, qo‘zg‘olonchi.
                
                                        Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq uchun isyonkor va makkor o‘g‘liga qarshi yurish qilishdan boshqa iloji qolmadi [Ulug‘bekning].
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
                        Chor hokimiyati isyonkor fuqarodan shafqatsiz ommaviy qasos oldi.
                        N. Safarov, Olovli izlar
                        
            
            
                2.  Isyonga chorlovchi, isyonga da’vat etuvchi.
                Isyonkor shoir.
                    ▬
                                        Olovday qizib turgan miyasida isyonkor fikrlar tug‘yon qilardi.
                        O. Yoqubov, Qanot juft bo‘ladi
                        
                        Lekin shoirning isyonkor ovozini tindira olmadi.
                        Gazetadan