1.  Suv yoki boshqa suyuqlikni emib, shimib ho‘l bo‘lmoq, nam tortib yumshamoq; bo‘kmoq.
                Suvda ivigan non. Kiyimlarim yomg‘irda ivib ketdi.
                    ▬
                                        Sulton tovoqdagi qaymoqni shimib, ivib qolgan non burdalarini lunjiga to‘ldirib chaynay boshladi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
                        Safarov, papiros naychasining ivigan joyini tishi bilan uzib, puflab tashladi-da, o‘ychan javob berdi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
            
            
                2.  1. Quyulib qolmoq, quyuq tortmoq, quyuqlashmoq (qon haqida).
                
                                        Qayerda-dir tomsa tomchi qon, Sening yuragingda iviydi.
                        U. Qo‘chqorov, Hayajonga ko‘milgan dunyo
                        
            
            
                3.  2. Qatiqqa aylanmoq (sut haqida); uyimoq.
                
                                        Och uyda qatiq ivimas.
                        Maqol
                        
            
            
                4.  3. Buzilib, aynib qolmoq, chirib tushmoq.
                Sut ivib qolibdi.