1.  Pastki jag‘ning har ikki tomoni quyilib kelib birlashgan joyi.
                Iyagi cho‘zinchoq odam
                    ▬
                                        [Bozorboy] Poygakka cho‘kkalab, so‘ng bir qo‘li bilan soqoli maysa bo‘lib qolgan iyagini silab qo‘ydi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
                        — Kel, Said o‘g‘lim, — dedi Mo‘min amaki, iyagi burniga borib kelib uzum yer ekan.
                        E. Raimov, Ajab qishloq
                        
            
            
                2.  Pastki jag‘.
                
                                        — Dadasi bo‘lsa, urushda — Xadicha ayaning iyagi qaltiradi.
                        H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
                        
                        Gulnoraning ochiq ko‘zlarida hayot nuri so‘ngandi. Ro‘mol tugunlarini yechib, iyagini bog‘ladim.
                        Gazetadan