1. shv. hv. Bir turli cho‘ziq chinqiroq ovoz chiqarmoq.
                Shamol izillab esmoqda.
                    ▬
                                        Sadaf yana izillab yig‘lay boshladi.
                        Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
                        
                        Kim o‘ladi, kim qoladi, Bola-chaqa izillab, qanday bo‘ladi?
                        Bahrom va Gulandom
                        
            
            
                2.  Tirqiramoq, tiraqaylamoq.
                
                                        G‘ayrating bor ekan, shunda sinadim. Yo‘liqsa, izillab qochadi devlar.
                        Bahrom va Gulandom
                        
            
            
                3. shv. hv. Qattiq sovqotmoq.