1.  Shikastlangan, singan, chiqqan, yaralangan joy; yara-chaqa.
                
                                        Doktor nazoratida, kunlar o‘tgan sari jarohatdagi yallig‘lanish qaytib, oyog‘im yerdan yengil ko‘chadigan bo‘lib qoldi.
                        N. Safarov, Olovli izlar
                        
            
            
                2.  ko‘chmaKatta zarar, ziyon-zahmat.
                
                                        Biz misli ko‘rilmagan qisqa muddat ichida urushning og‘ir jarohatlarini tuzatib oldik.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3.  ko‘chmaAlam, iztirob.
                
                                        Bu voqea Elmurodning dilida og‘ir jarohat qoldirdi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi