1.  yokiJavlon urmoq (qilmoq)
                
                                    
                    
            
            
                2.  1) hozirlik ko‘rmoq; otlanmoq; aylanmoq, sayr qilmoq.
                
                                        Malikayi ayyor, agar tursang so‘zing-da, Sening bilan yo‘lga javlon qilayin.
                        Gulshanbog‘
                        
            
            
                3.  2) astoydil mehnat qilmoq; biror sohada o‘zini ko‘rsatmoq.
                
                                        Birov mehnat frontida javlon urib, ajoyib xotira qoldirsa, birov donishmand sifatida yodgor qoldiradi.
                        N. Safarov, Olovli izlar
                        
            
            
                4.  3) o‘ynoqlamoq.
                
                                        U kuzini yumdi deguncha, xayolida qorabayir javlon qilar, taqalarining toshlarga urilib taqillashi quloqlariga eshitilayotganday tuyulardi.
                        H. G‘ulom, Ma’shal;
                        
            
            
                5.  4) ko‘rinmoq, namoyon bo‘lmoq.
                
                                        G‘ulomjonning ko‘nglida yayragan quvonch bahori ko‘zlarida javlon urdi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
                        
            
            
                6.  Javlon (erkaklar ismi).