Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jigar}
So‘z bo‘g‘inlari: ji-gar
Izoh(lar)i:
jigar [ji-gar ]

1. anat.Odam va hayvonlarning o‘t (safro) ishlab chiqaradigan, organizmda moddalar almashinuvini ta’minlaydigan ichki a’zosi. Alkogol nafaqat jigarga, balki oshqozon-ichak yo‘llariga, yurak tomirlariga, bosh miyaga, umuman, butun ichki a’zolarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Gazetadan

2. Hayvonlarning ovqat sifatida ishlatiladigan shu a’zosi. Qovurma jigar. Jigar kabob. Gazetadan

3. ko‘chmaEng yaqin kishi, tug‘ishganday yaqin birodar; farzand. Sen yetim emassan, Tinchlan, jigarim. G‘, G‘ulom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qarindosh
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. jigar bag‘ri xun bo‘ldi: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi

2. jigar- bag‘ridan urdi: o‘ziga shaydo qildi

3. jigar-bag‘ir ezilmoq: -

4. jigar-bag‘ir xun bo‘lmoq: -

5. jigar-bag‘irdan urmoq: -

6. jigar-bag‘r xun bo‘lmoq: -

7. jigar-bag‘ri ezilmoq: -

8. jigar-bag‘ri xun bo‘lmoq: -

9. jigar-bag‘ridan urmoq: -

10. jigardan urmoq: -

11. jigari suv bo‘lmoq: qiynalmoq, azob chekmoq.

12. jigaridan urdi: o‘ziga shaydo qildi

13. jigaridan urmoq: -

1. Qarindosh – urug‘ – avlod – tug‘ishgan – jigar – jigarband – jigargo‘sha – xesh
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.