1.  Yuganning charm tizgini.
                
                                        Noib otdan tushib, jilovni egar qoshiga tashladi.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
            
            
                2.  ko‘chmaBoshqarish, idora qilish tizgini; hokimiyat.
                
                                        U paytlar xon yosh edi, saltanat jilovi endi qo‘liga o‘tgan edi.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
            
            
                3.  Izm, erk, ixtiyor.
                
                                        — O‘zimiz inglizdan zo‘rg‘a qutuldik, lekin u hamon jilovimizni bergisi kelmaydi, — dedi Ismoilxon.
                        Oybek, Nur qidirib