1.  rvsh.Ovoz, tovush chiqarmay, indamay, ovozsiz, tovushsiz, sukut saqlab, sukunatda.
                
                                        Ota-bola anchagina jim bordi. O‘rtaga og‘ir sukunat tushdi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
                        
            
            
                2.  Qimirlamay, qimir etmay, harakatsiz, tek.
                
                                        Omon bo‘ling-ye, rais aka tiyinigacha to‘g‘rilab daftardan o‘tkazdik-ku? Biroq o‘zingiz, jim yotgan ilonning boshini qo‘zg‘ab, yaxshi qilmadingiz.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
            
            
                3.  und. s. vzf.Ovozingni o‘chir, tovushingni chiqarma, tinchlan.
                
                                        — Jim, jim— dedi Qumri yarim tovush bilan. — Gulshan biznikiga uxlagani kelgan ekan.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon