1.  otJuda go‘zal, zebo, qaddi-qomati kelishgan ayol; nozanin.
                
                                        Ko‘zim nuri, latofatli na xush ozoda jononsan, Nechuk ham yaxshi jononsan, mening jismim aro jonsan.
                        Habibiy
                        
            
            
                2.  sft.Juda yaxshi, go‘zal, shirin, yoqimtoy; o‘ynoqi; a’lo.
                
                                        Jonon yigit.◆Shahrimiz ko‘rkidir jonon bolalar.
                        G‘. G‘ulom
                        
            
            
                3.  Yaqin kishilarga murojaatda hurmat yoki kesatiq ma’nosini, begonalarga nisbatan esa xushomadni bildiradi.
                
                                        — Jonon, — dedi u, xotinining boshini silab.
                        A. Qahhor, Sarob
                        
            
            
                4.  Jonon (xotin-qizlar ismi).