1. katta tta (K —) 1. din. Musulmonlarning Makkadagi ziyorat qiladigan, ibodat qiladigan muqaddas joyi.
                
                                        Yetti marta Ka’ba bordim, Yo‘llarida jafo ko‘rdim, Makka, Madinadan keldim, Uchradim shu zamen senga.
                        Bahrom va Gulandom
                        
            
            
                2.  Shaxs yoki joyni Ka’baga nisbatlaydi; eng muqaddas, aziz narsaga nisbatan qo‘llanadi.
                
                                        Duogo‘yim, Ka’bam — onam omonmi?
                        Gulixiromon
                        
                        To ko‘rguncha Ka’bam — otam, xayr endi.
                        Malikayi ayyor
                        
                        Ko‘ktoshga borish kerak. Boshqa yo‘l yo‘q. Ko‘ktosh — biz uchun Ka’ba!
                        Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik
                        
                        Netay, Ka’bam, mozorim bo‘lsa yurtim, Unga men bor-u yo‘g‘imni buyurdim.
                        T. To‘la