1.  Charxga bir necha marta bir tekis qilib o‘ralgan va charxdan chiqarib olib taxlangan bir o‘ram ip, ipak.
                Uch kalava ipak.
                    ▬
                                        Ustaxonaga eshik oldidagi arqonga ilingan qizil, sariq, surrang, binafsharang ip kalavalari tagidan bosh egib kiriladi.
                        A. Muxtor, Opa-singillar
                        
                        Rang-barang ipaklarni kalavasidan chiqarib, charxda bir-ikki tovlab oladi-da, koptok qilib o‘rab qo‘yadi.
                        Oydin, Hikoyalar.