1. kt. kt. Xizmatga tayyor, bel bog‘lagan, shay.
                
                                        Ko‘pgina kishilar uning [Yoqubjonning] xizmatida kamarbasta edilar.
                        S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
                        
                        Qo‘limizdan kelgancha chora-tadbirlarni ko‘rishga kamarbastamiz.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2. tar. ar. Usta deb ma’lum, e’lon qilingan shogird, usta sifatida mustaqil ishlashga ruxsat olgan kosib.
                
                                        Shogird uzoq, yillar ishlab, ko‘z nuri, kuch-quvvatini sarflagani holda, korxona egasi bilan xalfasini rozi qilmaguncha, fotiha olib kamar-basta bo‘lolmasdi.
                        M. O‘rinxo‘jayev, Unutilmas kunlar