1.  Me’yoriylikni, me’yorni buzuvchi belgi, narsa; nuqson.
                Jismoniy kamchilik. Ishdagi kamchiliklar.
                    ▬
                                        Yormat Yo‘lchining ishidan kamchilik topib, o‘z mahoratini unga ko‘rsatish umidida, bir muddat kuzatib turdi. Lekin uning tajribali ko‘zi Yo‘lchining ishida hech qanday kamchilik ko‘rolmadi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Tavba, odam yaqin kishisidagi kamchiliklarni ko‘rmas ekanmi, deb qo‘ydim.
                        H. Nazir, Yonar daryo
                        
                        Katta ish bajarayotgan odam mayda-chuyda kamchiliklarga yo‘l qo‘yishi tabiiy.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
                        Biron ishdan ortiqcha quvonib g‘ururlanish ham, haddan ziyod xafa bo‘lib ketish ham kamchilikdir.
                        Muloqot
                        
            
            
                2. s. t. t. Yetishmovchilik, kamlik, kam-ko‘st.
                
                                        U kamchilik ko‘rmasdan o‘sdi. Oilasining yeyar-ichardan, kiyim-kechakdan kamchiligi yo‘q edi.
                        R. Rahmon, Mehr ko‘zda
                        
                        Biron nimadan kamchiliging bo‘lsa, aytgin.
                        Mirmuhsin, Umid
                        
            
            
                3.  Kam odam, kam odam ishtirokida; ozchilik.
                Kamchilik ovoz bilan qabul qilindi. Kamchilik ko‘pchilikka bo‘ysunadi.