1. yuq. usl. sl. Kamtarlik yoki odob yuzasidan men so‘zi o‘rnida ishlatiladi.
                Bu maqola kaminaniki. Kaminaning sizga bo‘lgan hurmati g‘oyat samimiy.
                    ▬
                                        Kamina ham suhbatlaringizni sog‘inganman.
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar
                        
                        Xullas kalom, u mahalda kamina endigina institutni bitirib, yoshlar gazetasiga ishga kirganman.
                        O. Yoqubov, Izlayman
                        
                        Aslida kamina yozish uchun tug‘ilgan ekanman Hayotim, ijodim, yozuvlarimning bulog‘i sensan, azizim. Shu buloqni musaffo saqlagin.
                        Guliston
                        
            
            
                2. esk. sk. Sodiq xizmatkor, qul.
                
                                        [Salimxo‘ja:] Kaminangiz bir o‘zimman, qiyinchiliklarning qurboniman, xonim, ha, qurboniman.
                        A. Muxtor, Opa-singillar
                        
                        [Ellikboshi:] Kamina sizning iltimosingizni yerda qoldirishdan ko‘ra har qanday mashaqqatni o‘z zimmasiga olishni a’lo ko‘radi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Xiva xonining saroyida ham kaminaning ko‘z-quloqlari bor.
                        Sh. Tosh matov, Erk qushi.