1.  Yetuklik, mukammallik.
                Jismoniy kamolot. Ma’naviy kamolot.
                    ▬
                                        Bunchalik kamolot, ayt-chi, kimda bor, Kimda bor bunchalik latofat, husn.
                        A. Oripov
                        
                        Spartakiada sportchilarimiz uchun jismoniy kamolot ko‘rigi bo‘ldi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Yuksalish, rivoj.
                
                                        Hakim o‘z siyosiy-ma’naviy hayotining yangi kamolot bosqichiga ko‘tarildi.
                        Guliston
                        
                        Ha, u [Alimardon] kamolot pog‘onalaridan tez, ishonch bilan ko‘tarilib borardi.
                        O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
                        
                        Sherali ham xuddi shu ahvolda, uning uchun insoniyat kamolotining cho‘qqisi — Sabogul!
                        S. Karomatov, Oltin qum