1.  Ilgari yozlik palto o‘rnida kiyiladigan yengi uzun ust kiyim.
                
                                        Uning [Salimboyvachchaning] boshida yap-yangi tagdo‘zi do‘ppi, ustida cho‘ntaklari qopqoqli, qaytarma yoqali uzun oq jujun kamzul.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Bejirim, kelishgan nozik niholing, Beqasam kamzuling yarashibdi xo‘p.
                        X. Rasul
                        
            
            
                2.  Xotin-qizlarning jelatkaga o‘xshash kalta, odatda yengsiz, yoqasiz ust kiyimi.
                Duxoba kamzul. Zarrin kamzul.
                    ▬
                                        Balki o‘rtacha bo‘yi, baxmal kamzuli mahkam quchoqlab olgan nozik beli bilan tanish ko‘ringandir.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
                        
                        Bizni yorning kamzulining yengi yo‘q
                        Qo‘shiqlar