1.  Kaprolaktam nomli organik birikmadan olinadigan sun’iy tolaning bir turi.
                
                                        Kapron tolasi tabiiy ipakka qaraganda 2,5 marta pishiq.
                        M. Obidova, Ximiya — turmushimiz bezagi
                        
            
            
                2.  Shu toladan to‘qilgan gazlama; bu gazlamadan tayyorlangan kiyim va boshqalar
                Kapron ko‘ylak. Kapron paypoq.
                    ▬
                                        kapron, krepdeshin, duxobalar to‘qiymiz, — deyishibdi chevarlar.
                        Sh. G‘ulomov, Yorqin yo‘llar
                        
                        Eshik ochilib, yo‘l-yo‘lakay qo‘lidagi kapron qo‘lqopini yechib, oriq doktor kirib keldi.
                        X. To‘xtaboyev, Sariq devni minib