1.  To‘rt oyoqli, ustiga ko‘rpa-to‘shak solib yotiladigan uy-ro‘zg‘or anjomi.
                
                                        Sherbek hovli o‘rtasidagi yapasqi balxtut tagidagi karavotga yechinmasdan chalqancha yotdi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
                        Uning [Zeboning] karavoti g‘irch-g‘irchidan onaning uyqusi o‘chib ketdi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
            
            
                2.  Ustida ko‘pchilik bo‘lib o‘tirish (ba’zan yotish) uchun maxsus ishlangan, yoz kunlari hovli, choyxona va shu kabilar joylarga qo‘yiladigan maxsus qurilma; so‘ri, kat.
                
                                        Nuri giloslar ostiga qo‘yilgan, panjaralari ko‘k bo‘yoq bilan sirlangan katta yog‘och karavotga qalin ko‘rpacha yoyib, yostiqqa yonboshlab o‘tirar edi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar