1.  Pul solish uchun maxsus (odatda, charmdan) ishlangan xaltacha; hamyon.
                
                                        [Mirzakarimboy] Karmonidan besh so‘mlik qog‘oz olib, sandalga qo‘ydi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Teshaboy cho‘ntagidan qalin karmonini oldi-da, ichidan o‘n so‘mlik qog‘oz pul chiqarib, Hoji xolaga cho‘zdi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                2. ko‘chma s. t. t. Cho‘ntak; pul.
                
                                        Har kimning karmoni o‘ziga ma’lum.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Yumaloq xat yozishni kasb etgan tuhmatchi ig‘vogarlarning kasbi karmon kesuvchi kissavurlardan ham tubandir.
                        R. Usmonov, Odobnoma