1.  Karvonlar qo‘nishi, tunashi uchun maxsus moslangan joy; saroy.
                
                                        Karvonlar olib kelganini sotib, oladiganini olib yotdi. Shu vaqtda bir necha amaldor boj olmoqchi bo‘lib, karvonsaroyga kelib qoldi.
                        Yodgor
                        
            
            
                2. s. t. t. Keldi-ketdi, kirdi-chiqdi ko‘p bo‘ladigan joy, xonadonga nisbatan qo‘llanadi.
                
                                        Xolisa yuvilgan qoshiqlarni qo‘yayotganda, barmog‘i tortmaga qisilib qoldi. Uh-uhlab, barmog‘ini labiga bosdi: — Qurib ketgur, bu uy emas, karvonsaroy.
                        S. Nurov, Narvon