1. ayn. yn. Kasal 1.
                Zotiljam kasalligi. Yuqumli kasallik.
                    ▬
                                        Samarqandda Boburni tildan qoldirgan kasallik — g‘oyat kuchli bir ruhiy larzaning oqibati edi.
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar
                        
                        Avvaldan uning atrofida har xil kasalliklar: ter-lama, qora bezgak ko‘payib, aholining tinkasini quritgan edi.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                2.  Organizm me’yoriy faoliyatining, salomatlikning buzilishi; kasal holat, dard, xastalik.
                
                                        Shuncha xorlik va xo‘rlik yetmaganday otasi og‘ir kasallikdan vafot etdi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.