1.  Ish-faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi, sohasi; hunar.
                
                                        Bu kishi o‘zlari hosilot, kasblari agronom, kechki maktabda muallimlik ham qiladilar.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        Hayotda shunday odamlar bo‘ladiki, ular butun umrlarini faqat bir ishga, biron kasbga bog‘laydilar.
                        X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari
                        
            
            
                2.  Umuman, odat qilingan ish; odat.
                
                                        Molning tilini bilish ham o‘ziga yarasha kasb ekan.
                        O‘. Umarbekov, Shonli avlod
                        
                        Foydaxo‘rlik — tan-suyagingizga singib ketgan kasbingiz.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
                        Xotinini qo‘shib, amal olish — u sizning kasbingiz, mingboshi!
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha