1.  Talab yoki xaridor yo‘qligi tufayli savdo-sotiq, kasb-hunar va shu kabilarning to‘xtab qolish, yurishmaslik, tovarning o‘tmaslik holati.
                
                                        Nima qilib zerikib o‘tiribsiz, savdo kasodmi?
                        Oybek, Bolalik
                        
                        Kasb-kori kasod bo‘lgan usta Zamonning tirikchiligi yana og‘irlashib qoldi.
                        Sh. Toshmatov, Erk qushi
                        
                        Yigitali, magazinda KOOP [kooperativ] uni ko‘payib ketgach, tegirmoni kasod bo‘lib, uyda o‘tirib qolgan otasi hozir pensiyadaligini eshitgan edi.
                        D. Nuriy, Osmon ustuni
                        
                        Bandayi, yorab, Muqimiydek bo‘lib xor-u kasod, Sud-u savdodin qolib, bozoridin ayrilmasin.
                        Muqumiy.
                        
            
            
                2. shv. hv. Kasofat, zarar.
                
                                        Uyquning kasodi ko‘pdir kishiga, Buvishim, g‘aflatdan ko‘tar boshingni!
                        Ravshan