1.  Hajman har xil, har xil kattalikdagi, turlicha.
                Katta-kichik imoratlar. Katta-kichik daraxtlar.
                    ▬
                                        O‘rmonjon ayvonga chiqib, stol va karavotda turgan bir necha katta-kichik tugunlarni ko‘rib hayron bo‘ldi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchi-nor chiroqlari
                        
                        Daryo bo‘yida katta-kichik ko‘llar, to‘qayzorlar ko‘p edi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
            
            
                2.  Ahamiyati, darajasi, kuchi jihatidan har xil, turli darajadagi. Katta-kichik muvaffaqiyatlar. Katta-kichik amaldorlar.
                
                                        Bu ekspeditsiya bir yoqdan Sheralining geologiyada o‘z o‘rnini belgilab bergan bo‘lsa, ikkinchi yoqdan katta-kichik olimlar diqqatini jalb etdi.
                        S. Karomatov, Oltin qum
                        
            
            
                3. ot ot S. t. Turli yoshdagi kishilar; barcha, hamma, kattayu kichik.
                Maydonga katta-kichik yig‘ildi.
                    ▬
                                        Mening yoshim olti-da Katta-kichik oldida Ko‘zni qilib sham-g‘alat, Olmayman hech shokolad.
                        Q. Muhammadiy
                        
                        O‘zing ham bilasan, qachon qarasang, katta-kichikka baravar, hamisha kambag‘allar foydasini ko‘zlaydi.
                        H. Shams, Dushman