1.  Hajm, ko‘lam, daraja va shu kabilar jihatdan me’yoridan ortiqlik; katta holat.
                Hovuzning kattaligi. Yutuqning kattaligi. Vazifaning kattaligi. Yosh jihatdan kattalik.
                    ▬
                                        Ketmonning vaznidan qat’iy nazar, ketmonning bet kattaligini yerga chizib ko‘rsatdi.
                        A. Qodiriy, Obid ketmon
                        
                        - Nima qildi, haqiqat oldida mening kichikligim, sizning kattaligingiz bari bir emasmi? — dedi Elmurod.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                2.  O‘zini o‘zgadan yuqori tutish; manmanlik.
                
                                        Kattalikni bilmas bir yaxshi odam, Saxiylikda yo‘lda qolibdi Hotam.
                        Fozil shoir