1.  Islom dini e’tiqodiga ko‘ra jannatdagi g‘aroyib daryo yoki hovuzning nomi.
                
                                        Ba’zi rivoyatlarga qaraganda, farishtalar jannatdagi kavsar suvidan qumg‘onlarimizga quyib ketar emish.
                        M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
                        
                        Hirotliklar o‘z shaharlari bilan faxrlanar, uning tuprog‘ini oltinga, bog‘larini jannatga, suvlarini kavsarga o‘xshatar edilar.
                        Oybek, Navoiy