1.  Yolg‘on so‘zlar so‘zlovchi, yolg‘onchi, aldoqchi.
                
                                        — Men uni do‘st deb yursam, ilonning yog‘ini yalagan kazzob ekan, — dedi Ostona-qul.
                        S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
                        
                        Zahroni tilga olishi bilan riyokor mutavallining xunuk ko‘zlari, cho‘qqi soqoli ko‘ziga ko‘rinib ketdi: Ha, kazzob — deb so‘kinib qo‘ydi.
                        M. Osim, Elchilar
                        
            
            
                2.  Shunday shaxsga nisbatan so‘kish, haqoratni bildiradi.
                
                                        Ho‘v, kazzob! Qarzingni uzmay, nerga borasan?
                        S. Siyoyev, Avaz