1.  Bugundan oldingi kunda yuz bergan, ma’lum bo‘lgan; oldingi kunga oid, kecha bo‘lgan.
                Gazetaning kechagi soni. Kechagi voqea.
                    ▬
                                        Bugun ertalabki choydan so‘ng Hasanali kechagi fikrni chinlab amalga oshirmoqchi bo‘ldi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Biroq kechagi yomg‘irdan changbosdi bo‘lgan arava yo‘lda kelayotgan uch yo‘lovchining qovoqlari negadir soliq, odimlari negadir ishonchsiz edi.
                        N. Fozilov, Diydor
                        
            
            
                2.  Yaqin o‘tgan vaqtdagi, hozirdan oldingi.
                
                                        Har birining kechagi o‘tmishini eslab ko‘raylik-chi: biri — boyning podachisi, biri — ruhoniyning Hammalari kulfatga duchor bo‘lgan bolalar edi.
                        P. Tursun
                        
                        Kechagi cho‘lquvar Mirzajon Eminov mas’uliyatli vazifaga ko‘rsatildi.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari