1.  Kechga oid; kechqurun bo‘ladigan.
                Kechki payt. Kechki shabada.
                    ▬
                                        Yo kechki salqin bilan, yo ertaga ertalab shahar hovliga [beda] olib tushaman.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Eshelon oshpazlari kechasi ovqat pishirmaslik va kechki ovqatni ham kunduzi pishirib qo‘yish haqida buyruq oldilar,
                        I. Rahim, Chin muhabbat
                        
            
            
                2.  Ish-faoliyati tunda bo‘ladigan; tungi.
                Kechki smena. Kechki va sirtqi bo‘limlar.
                    ▬
                                        yangi o‘quv yilidan kechki maktabga boradigan bo‘ldik.
                        R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
                        
            
            
                3.  Kech pishadigan, kech ekiladigan.
                
                                        Kechki uzum. Kechki o‘rik. Kechki bodring. Kechki kartoshka. Kechki ekinning xatari bor.
                        Maqol
                        
                        Kuz havosi iliq edi. Kechki gullar ochilib turibdi.
                        I. Rahim, Chin muhabbat