1.  Kek saqlaydigan, o‘ch olish payiga tushgan; adovatchi.
                Kekchi odam. O‘taketgan kekchi.
                    ▬
                                        Avvalam, men siz o‘ylagancha kekchi emasman. Sizda nima aybki, sizdan o‘ch olsam.
                        Shuhrat, Jannat qidirganlar
                        
                        Ha, gap o‘rtamizda qolsin-u, Sardoroyeni izzat-nafsi zo‘r, kekchiroq odam, deyishadi.
                        H. Nazir, Ko‘kterak shabadasi