1. 1. Odam va umurtqali hayvonlar nafas yo‘lining yuqorigi qismi. Ingichka va yo‘g‘on, kalta va cho‘ziq tovushlar kekirdaklari uzilib ketmaydimi bu xo‘rozlarning? I. Rahim, Ixlos
2. s. t. t. Bo‘yinning old qismi; tomoq. Bo‘ynini cho‘zib, qo‘llarini arra qilib gapirarkan, lablari do‘rdayib, ko‘zlari ola-bula bo‘lib, kekirdagidagi tomirlari bo‘rtib chiqib ketgan edi. I. Rahim, Chin muhabbat buni bir xilvatroq joyda to‘g‘ri keltirsang-u, kekirdagidan xippa bo‘g‘ib, damini chiqarmay qo‘ya qolsang. P. Tursun, O‘qituvchi
1. kekirdak cho‘zmoq: -
2. kekirdakni cho‘zmoq: -