1.  Shu yerlik emas; o‘zga joydan, boshqa yurtdan kelgan.
                
                                        — Hindistonning ozodligi uchun kelgindi xo‘jayinlar, ochko‘z bo‘rilarga qarshi so‘nggi tomchi qonim, so‘nggi nafasimgacha jang qilishni ulug‘ baxt deb bilar edim, — dedi Ahmad Husayn.
                        Oybek, Nur qidirib
                        
                        Kimsan — Saidto‘ra mingboshining qizi bo‘lsam-u, bu yashshamagur ochko‘z, berahm boy bir kelgindi qashqarlikning qizini ustimga xotin qilib olsa-ya!
                        K. Yashin, Hamza