Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kel} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: kel-moq
Izoh(lar)i:
kel fl

1. 1. Yurish, uchish harakati yoki transport vositalari bilan so‘zlovchiga qarama-qarshi tomon (joy)dan so‘zlovchi turgan tomonga, joyga yo‘l olmoq, yo‘nalmoq; shu tomondagi biror joyga yetmoq; zid. ketmoq, bormoq. Poyezd kelyapti poyezd keldi. Toshkentga mehmonlar kelyapti (mehmonlar keldi). Kecha bir kampir televizorni qoldirayotib: Tezroq tuzatib beringlar, bugun-erta nevaram askarlikdan keladi — deb iltimos qilgan. T. Ashurov, Oq ot
kulrang shlyapa kiygan, qora ko‘zoynak taqqan, gavdali bir kishi ariq ichidan Tal’at bilan yonma-yon kelardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yolg‘iz o‘zim bir chetda turgan edim, sekin oldimga keldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. So‘zlovchi bo‘lgan, turgan joyga yoki so‘zlovchi tomondagi joyga yetmoq, shu joyda hozir bo‘lmoq; zid. ketmoq, jo‘namoq. Yoz fasllari dehqonchilik qiladi, sahar ketib, kech keladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Nimaga kelipti? qani beri kelchi. Yarashgani keliptimi? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Vaqt ma’noli so‘z yoki so‘z birikmasi bilan qo‘llanganda, shuningdek, vaqt bilan mantiqan bog‘liq narsani bildiruvchi so‘z bilan qo‘llanganda, shu so‘z yoki so‘z birikmasi ifodalagan payt, fursat, zamon va shu kabilarning yetganligini, boshlanishini bildiradi, “boshlanmoq”, etib kelmoq, etishmoq ma’nosini bildiradi. Yaxshi zamonlar keldi. Siz orzu qilgan kunlar ham keladi. Bahor keldi. Ekin mavsumi keldi. O‘zi ham, payti kelib, mana shu qizlarday dugonalari bilan yayrab-yashnab, qiyqirib o‘ynay olarmikin? O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ekin davriga hali bor ekan, deb yana bir oz mizg‘ib uyg‘onsam, kuz kelibdi. Mushtum
O‘zini ko‘rsatib qo‘yadigan fursat kelganini sezib, dona-dona qilib tushuntirishga kirishdi. K. Yashin, Hamza
Bir qarishlikdan dutorni sevaman. Ko‘p chalaverma, buzilib ketasan, — der edi onam boyoqish, aytgani keldi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Jo‘nalish kelishigidagi ayrim so‘zlar bilan qo‘llanganda, shaxsning shu kelishikdagi so‘z bildirgan ish, narsa hodisada to‘xtashini, shunday narsa-hodisa yuz berishini bildiradi. Bir to‘xtamga kelmoq. Shunday xulosaga kelmoq. U o‘yab-o‘ylab, bir fikrga keldi shekilli, ancha yengil tortib: Xah, shunchalik oson gap ekan-a deb iljayib qo‘ydi. K. Yashin, Hamza
Muqaddam anjomlarini yig‘ishtirib bo‘lguncha, bir qarorga keldi-yu, chaqirdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

5. 5. Jo‘nalish kelishigidagi ba’zi so‘zlar bilan qo‘llanganda, shu so‘z bildirgan ish, narsa-hodisaga o‘tish, navbat shunga kelganlik ma’nosini bildiradi. Endi Bo‘taning ustidagi anovi gapga kelsak, bu tuhmat gap. S. Ahmad, Hukm
Endi boyagi ho‘kizga kelaylik. Chalpak yoqqan kun
.paxtani nima uchun kuzda sotmay, yozda sotayotganiga kelsak, buning tagida gap ko‘p. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

6. 6. Chiqish kelishigidagi ayrim so‘zlar bilan qo‘llanganda, ish, narsa-hodisaning shu kelishik shaklidagi so‘z bildirgan shaxs yoki narsa tomonidan bo‘lishini (amalga oshishini) bildiradi. Sidiqjonning rangi bo‘zarib ketdi — Bunaka qo‘shmachilik sizlardan keladi A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Menimcha, Qoratoy aka, Shokir ota, butun kulfatlar turmushning yomon tuzilganidan keladi. Oybek, Tanlangan asarlar

7. 7. O‘zi birikib kelgan so‘z ifodalagan narsaning yuzaga kelishi, yuz berishi, qo‘zg‘alishi ma’nosini bildiradi. Rahmi kelmoq. Havasi kelmoq. Zavqi kelmoq. G‘azabi kelmoq. G‘ayirligi kelmoq. Mahmudaning xo‘rligi kelib, ko‘zida yosh halqalandi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Uning [Kumushning] yuzini o‘pib tushgan suv tomchilari bilan ariq harakatga kelib chayqaldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Kichik pochchamning juda izzatli bo‘lib ketganiga katta pochchamning g‘ashi keladi, lekin bildirmaydi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

8. 8. O‘zi birikib kelgan so‘z bildirgan holatning bo‘lishi ma’nosini bildiradi. G‘olib kelmoq. Ma’qul kelmoq. Malol kelmoq. [Otabek] Chiqishi bilan nari eshikdan Sodiq ham ko‘rinib qoldi-da, Otabek bilan to‘qnash keldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

9. 9. Numerativ so‘zli birikmalar tarkibida evazi numerativli so‘zga evaz bo‘ladigan miqdorni, shunga beriladigan (keladigan, olinadigan) narsani bildiradi. Bu pulga uch metr atlas keladi. Kosibning bir haftalik ishiga bir xalta don keladi. Oybek, Tanlangan asarlar

10. 10. Qiyos mazmunli birikmalar tarkibida tenglik, shuncha kelish ma’nosini bildiradi. Bir qop kartoshka 100 kilo keladi. Oyog‘ini yoruqqa tutgan edi, xuddi bosh barmog‘ining tagida gugurt cho‘piday keladigan tikan yonlamasiga sanchilib turganini ko‘rdi. A. Muxtor, Opa-singillar
Ko‘zimni ochsam, o‘zimga ikkita keladigan galvarsday yigit yerda dumalab yotibdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

11. 11.-gan qo‘shimchasi shaklida (kelgan) chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanib, shu so‘z bildirgan belgi, holatga moyillik, o‘xshashlik ma’nosini bildiradi. Qorachadan kelgan. Oldingi qatorda o‘rta yashar ayol bilan siyrak sochlari oqargan, to‘ladan kelgan kishi o‘tirardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Chekka sochlariga oq oralagan, bo‘yi o‘rtadan kelgan bug‘doyrang xotin avval eriga salom berdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Sodiq akaning yoshi qirqlardan oshgan, o‘zi qotmadan kelgan bo‘lib, atrofdagilar bilan tez til topishib ketar ekan. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv

12. 12. 2-shaxs buyruq mayli shaklida (kel, keling) da’vat, undashni bildiradi. Kel, qo‘y, tangrining molini shayton qizg‘anadi. Qani, olishib o‘tiringlar. K. Yashin, Hamza
Kel, shuyam bir quvonsin. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

13. 13. Yordamchi fe’l vazifasida

14. shv. shv. 1) bog‘lama vazifasida bo‘lmoq ma’nosida qo‘llanadi. Eshakning yuki yengil kelsa, yotag‘on bo‘lar. Maqol
Sutsiz sigir suzag‘on kelar. Maqol
Ot jonivor juda esli keladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. ;

15. 15. 2)-gi qo‘shimchali fe’lning shaxs-son shakli (-gim,-ging,-gisi) bilan qo‘llanib, istak-xohish ifodalaydi. Ketgim kelyapti. Aytgisi kelyapti. Yodgor undan ko‘z uzmay o‘tirarkan, negadir gaplashgisi keldi shu topda. O. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ahmadlarni tezroq uchratib, shodligimni baham ko‘rgim keladi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

16. 16. 3) ravishdoshning-a(y),-(i)b qo‘shimchali shakllari bilan qo‘llanib, harakatning yo‘lakay, davomli bajarilishi kabi ma’nolarni bildiradi. Kelishingda xabar ola kel. Xotiralarni yozib kelyapman. Yunusali ota shu kungacha ularning bordi-keldi gaplariga aralashmay chidab keldi. S. Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. achchig‘i kelmoq: achchig‘i kelmoq

2. achchiq kelmoq: -

3. achchiq kelmoq: -

4. ajal haydab kelmoq: -

5. alami kelmoq: -

6. aql-u hush joyiga kelmoq: -

7. aql-u hushi joyiga kelmoq: -

8. aytgani kelmoq: -

9. baland kelmoq : -

10. baland kelmoq: -

11. balanddan kelmoq: -

12. baravar kelmoq: 1.turli ko‘rsatkich va belgilariga ko‘ra bir xil chiqmoq; 2.muvozanatga kelmoq, tenglashmoq. 3.ko‘chma biror harakatda (janjalda, munozarada, kurashda) teng kelmoq, bas kelmoq. 4.«teng, bir xil» ma’nolaridagi kesim vazifasida.

13. bas kelmoq: -

14. biri bog‘dan kelsa, biri tog‘dan kelmoq: -

15. bo‘sh kelmoq: -

16. bog‘dan kelsa, tog‘dan kelmoq: -

17. bog‘dan kelsa, tog‘dan kelmoq: -

18. bosh urib kelmoq: najot izlab, panoh istab kelmoq.

19. boshga kelmoq: -

20. boshga qilich kelmoq: -

21. boshiga kelmoq: -

22. boshiga qilich kelmoq: -

23. bunyodga kelmoq: -

24. daryoga ho‘l olib borib, quruq qaytarib kelmoq: -

25. daryoga oborib sug‘ormay kelmoq: -

26. daryoning labiga olib borib, quruq qaytarib kelmoq: -

27. didiga to‘g‘ri kelmoq: -

28. do‘ppi tor kelmoq: -

29. do‘ppisi tor kelmoq: -

30. duch kelmoq: -

31. duch kelmoq: -

32. dunyoga kelmoq: -

33. dunyoga kelmoq : -

34. eldin-elga kelmoq: -

35. epaqaga kelmoq: -

36. es joyiga kelmoq: -

37. es o‘zga kelmoq: -

38. es o‘ziga kelmoq: -

39. esga kelmoq: -

40. esi joyiga kelmoq: -

41. esi o‘ziga kelmoq: -

42. esiga kelmoq: -

43. g‘ash kelmoq: -

44. g‘ashi kelmoq: -

45. g‘azab kelmoq: -

46. g‘azabga kelmoq: -

47. g‘azabi kelmoq: -

48. g‘azabi kelmoq: -

49. g‘olib kelmoq: -

50. gapdan latta hidi kelmoq: -

51. gapidan latta hidi kelmoq: -

52. gez kelmoq: -

53. hafsala kelmoq: -

54. hafsalasi kelmoq: -

55. havas kelmoq: -

56. havasi kelmoq: -

57. hush o‘ziga kelmoq: -

58. hushga kelmoq : -

59. hushga kelmoq: -

60. hushga kelmoq: -

61. hushi o‘ziga kelmoq: -

62. hushiga kelmoq : -

63. hushiga kelmoq: -

64. hushiga kelmoq: -

65. insofga kelmoq: -

66. ish o‘ngidan kelmoq: ish ko‘ngildagidek bo‘lmoq, yurishmoq.

67. jahl kelmoq: -

68. jahli kelmoq: -

69. jahonga kelmoq: -

70. jon bo‘g‘izga kelmoq: -

71. jon halqumga kelmoq: -

72. jon hiqildoqqa kelmoq: -

73. jon tomoqqa kelmoq: -

74. jona kelmoq: -

75. joni bo‘g‘ziga kelmoq: -

76. joni burnuna kelmoq: -

77. joni halqumiga kelmoq: -

78. joni halqumiga kelmoq: -

79. joni hiqildog‘iga kelmoq: -

80. joni tomog‘iga kelmoq: -

81. kezi kelmoq: -

82. kezi kelmoq, vaqti kelmoq: -

83. ko‘ngilga kelmoq: -

84. ko‘ngliga kelmoq: -

85. ko‘nglima kelmoq: -

86. ko‘ngulga kelmoq: -

87. ko‘ngulga xush kelmoq: -

88. ko‘z o‘ngga kelmoq: -

89. ko‘z o‘ngiga kelmoq: -

90. ko‘z oldga kelmoq: -

91. ko‘z oldiga kelmoq: -

92. ko‘zga uyqu kelmoq: -

93. ko‘zga yosh kelmoq: -

94. ko‘ziga uyqu kelmoq: -

95. ko‘ziga yosh kelmoq: -

96. ko‘zining oldiga kelmoq: -

97. ko‘zning oldiga kelmoq: -

98. kuch kelmoq: -

99. kun nayzaga kelmoq: -

100. larzaga kelmoq: -

101. larzaga kelmoq: -

102. malol kelmoq: -

103. maydonga kelmoq: yuzaga kelmoq, paydo bo‘lmoq, tug‘ilmoq

104. miyaga kelmoq: -

105. miyasiga kelmoq: -

106. mos kelmoq: -

107. mozor bosib kelmoq: -

108. nari borib, beri kelmoq: -

109. o‘ng kelmoq : -

110. o‘ngidan kelmoq: -

111. o‘pka tomoqqa kelmoq: -

112. o‘pkasi tomog‘iga kelmoq: -

113. o‘z ayog‘i bila go‘r og‘zina kelmoq: -

114. o‘z oyog‘i bilan kelmoq: -

115. o‘zga kelmoq : -

116. o‘zga kelmoq: -

117. o‘ziga kelmoq : -

118. o‘ziga kelmoq: -

119. oftob nayza bo‘yiga kelmoq: -

120. oftob nayzaga kelmoq: -

121. og‘izga kelmoq: -

122. og‘izning suvi kelmoq: -

123. og‘ziga kelmoq: -

124. og‘zining suvi kelmoq: -

125. og‘zining suvi kelmoq: -

126. olamga kelmoq: -

127. omad kelmoq: -

128. omadi kelmoq: -

129. ona suti og‘izdan kelmoq: -

130. ona suti og‘zidan kelmoq: -

131. or kelmoq: -

132. ori kelmoq: -

133. oshig‘i olchi kelmoq: -

134. osmondan kelmoq: -

135. ovi baroridan kelmoq: kimning Ishi yurishmoq, ko‘zlangan maqsadga erishmoq.

136. past kelmoq: -

137. qahr kelmoq: -

138. qahri kelmoq: -

139. qarorga kelmoq: -

140. qo‘l baland kelmoq: -

141. qo‘l kelmoq: -

142. qo‘l kelmoq: -

143. qo‘ldan kelmoq: -

144. qo‘lidan kelmoq: -

145. quyosh nayzaga kelmoq: -

146. quyushqon tor kelmoq: -

147. quyushqoni tor kelmoq: -

148. rahmi kelmoq: -

149. rashk kelmoq: -

150. rashki kelmoq: -

151. ro‘baro‘ kelmoq: -

152. suq kelmoq: -

153. teng kelmoq: -

154. til kelmoq: -

155. til zo‘rg‘a kelmoq: -

156. tila kaltak kelmoq: -

157. tilga kaltak kelmoq: -

158. tilga kelmoq: -

159. tili kelmoq: -

160. tili zo‘rg‘a kelmoq: -

161. tiliga kaltak kelmoq: -

162. to‘g‘ri kelmoq : -

163. to‘g‘ri kelmoq: -

164. to‘g‘ri kelmoq: -

165. tobiga kelmoq: -

166. tog‘dan kelsa, bog‘dan kelmoq: -

167. ustun kelmoq: -

168. vaqti kelmoq: -

169. vujudga kelmoq: -

170. xayolga kelmoq: -

171. xayoliga kelmoq: -

172. xotirga kelmoq: -

173. xotiriga kelmoq: -

174. xush kelmoq: yoqdi

175. xush o‘ziga kelmoq: -

176. xushga kelmoq: -

177. xushi o‘ziga kelmoq: -

178. xushiga kelmoq: -

179. yodga kelmoq: -

180. yodiga kelmoq: 1)xotirasida tiklandi 2)o‘yladi, idrok qildi

181. yov kelmoq: -

182. yulduz to‘g‘ri kelmoq: -

183. yulduz yulduzga to‘g‘ri kelmoq: -

184. yulduzi yulduziga to‘g‘ri kelmoq: bir– biriga mos bo‘ldi

185. yulduzlar to‘g‘ri kelmoq: -

186. yulduzlari to‘g‘ri kelmoq: -

187. yuzaga kelmoq: -

188. zahra kelmoq: -

189. zahrasi kelmoq: -

190. zahri kelmoq: Achchig‘i kelmoq, jahli chiqmoq

191. zarur kelmoq: -

192. zo‘r kelmoq : -

1. O‘ylamoq – fikrlamoq – xulosaga kelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tafakkur natijasiga ko‘ra)

2. Yarashmoq – murosaga kelmoq – sulh tuzmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.