1.  Predmetning uchgan, singan, kertilgan, buzilgan, nuragan joyi.
                
                                        Sanam bog‘ adog‘idagi kemtikdan oshib, egasi ko‘chib ketib, huvullab qolgan qo‘shni boqqa tushdi,
                        Sh. Xolmirzayev, To‘lqinlar
                        
                        Darhaqiqat, uning chap qulog‘i kemtik. O‘q olib ketgan.
                        S. Ahmad, Hukm
                        
                        Supa chetidagi o‘choq-da, qop-qorayib, jo‘mragi kemtik qumg‘on qopqoqni ko‘tarib, baqir-baqir qaynardi.
                        Sh. Toshmatov, Erk qushi
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Yetishmaydigan, to‘lmay qolgan joy; yetishmovchilik, kamchilik, nuqson.
                
                                        Bunaqa ayol bilan umrining oxirigacha yashab bo‘ladimi? Hayotning nuqul kemtik tomonini ko‘radi.
                        S. Nurov, Narvon
                        
                        Faqat hisob-kitobingizda emas, ishlaringizda ham chalkashliklar, kemtiklar bor
                        H. Nazir, Ko‘kterak shabadasi