1.  Yaxshi kesadigan, tig‘i o‘tkir.
                
                                        Sarg‘ish suyak sopli keskir pichoq uning ko‘z o‘ngidan o‘tdi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
                        Ostingda yuz alvon o‘ynaydi oting, Belingda yarqirar keskir po‘lating.
                        Alpomish
                        
            
            
                2. ko‘chma. ma. Shu belgiga nisbatni bildiradi; o‘tkir.
                
                                        O‘tkir ko‘zi mushtumzo‘rning bag‘rin sancharday, Keskir so‘zi sinfiy ko‘rning qalbin yancharday.
                        Mirtemir
                        
                        Yigitlarning qarashi keskir, Qaytaradi qilich damin ham.
                        M. Ali, Gumbazdagi nur