1.  Kesib, qirqib tayyorlangan, ajratib olingan.
                Kesma miltiq.
                    ▬
                                        Bir ozdan keyin shoir ikkita non va juda nafis ishlangan guldor laganchada kesma halvo olib chiqdi.
                        Oybek, Navoiy
                        
                        Dasturxon yozib ikki kosa kesma osh olib chiqdi.
                        M. Osim, Tilsiz guvoh
                        
            
            
                2. mat. at. To‘g‘ri chiziqning ikki nuqtasi orasidagi va shu nuqtalarni qo‘shib hisoblagandagi qismi.