Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ket}
So‘z bo‘g‘inlari: ket
Izoh(lar)i:
ket fl

1. 1. O‘z turgan joyini tark etmoq, o‘z turgan joyidan boshqa tomonga yo‘l olmoq; bormoq. Bu yerdan hech yoqqa ketmayman. Kelmoq ixtiyor bilan, ketmoq ijozat bilan. Maqol
[Yo‘lchi:] Unsin, bu oila qanday? Ketasanmi yo bu yerda qola turasanmi? Oybek, Tanlangan asarlar
Agar oralaringizga sovuqchilik tushadigan bo‘lsa, sen o‘chakishib yurma, yaxshisi bu uydan ketish harakatini qil! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Mehmonlar uch kun turib, ketishdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Gulnor, qishloqdan ketib, cho‘lda o‘rnashib olsak, qulog‘im tinchir, deb o‘zini o‘zi yupatdi. S. Ahmad, Ufq

2. 2. Biror mashg‘ulot, xizmat yoki vazifani tark etmoq, tashlamoq. Ishdan ketmoq. Uqishdan ketmoq. Senday aqli raso, tushunadigan odam bo‘lsa, zavoddan ketmas edim. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
Xotiningizni nega tashlab ketganingizni ayting Yarashasizmi yo institutdan ketasizmi, shuni ayting. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. 3. Tamom bo‘lmoq, tugamoq, o‘tmoq (vaqt haqida). Bo‘linglar, vaqt ketyapti. Vaqting ketdi — baxting ketdi. Maqol
Shunday rohat turmush im izdan, shunday shirin umrimizdan darrov bir yili ketdimi! Oh, dod deyman. A. Qahhor, Nutq

4. 4. Yo‘q bo‘lmoq, yo‘qolmoq, arimoq. Dalalardan qor ketdi. Kiyimning dog‘i ketmadi. Hasrat tugagandan so‘ng, Otabekning yuzidagi boyagi yarim jiddiylik ketib, uning o‘rnini o‘ychanlik oldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Qadah to‘xtab qoldi. Suhbatdan nechukdir fayz ketdi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
Kun bo‘yi quloqlari ostidan juda g‘alati olis-olislarga chorlovchi ajib bir musiqa ketmadi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

5. ko‘chma hma Olamdan o‘tmoq; o‘lmoq. Men o‘n beshga kirganda, ayam o‘ldi. Hali qirqqa bormagandi. Yosh ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ming martaba shukur bo‘lsin parvardigorga, Mendan rozi ketgan ekan qiblagohlarim. A. Oripov, Jannatga yo‘l

6. 6. Sarf bo‘lmoq, ishlatilmoq. Yo‘l xarajatiga hammasi bo‘lib ellik so‘m ketdi. Bu ishni bajarishga ko‘p vaqt ketadi. Ro‘zg‘orga ketadigan narsalar. Kuch ko‘p ketadi, lekin ekinlar ichida bundan (paxtadan] serdaromadi yo‘q. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

7. s. t. t. O‘tmoq, sotilmoq, pullanmoq. Tez ketadigan mol. Xullas, yer juda arzonga ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar

8. 8. Muayyan maqsad yoki sabab bilan biron joyga, ish-faoliyat va shu kabilar joyga tomon yo‘l olmoq; jo‘namoq. Qishloqqa ketmoq. Armiyaga ketmoq. Ishga ketmoq. To‘yga ketmoq. Kuniga oqshom tushsa, Martindan qo‘rqib, ko‘chaga chiqmay, tuzsiz makaron chaynab yurguncha, shahrimga ketaman. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Shirmonjon ona shu ahvolda tong ottiradi-yu, yana dalaga terimga ketadi. S. Zunnunova, Olov

9. 9. Davom etmoq; bormoq, bo‘lmoq. Imtihon ketyapti. Majlis ketyapti. O‘rmonjon, odatda, ish sustroq yoki yomonroq ketayotgan uchastkalarga borar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Agar biz yerning doli-guliga kelishini kutib o‘tirsak, vaqtdan yutqazadiganga o‘xshaymiz, havo shunday ketavermas [dedi brigadir]. N. Safarov, Xadicha Ahrorova

10. ko‘chma chma Ish-faoliyatning biror sohasi, yo‘nalishi bilan bormoq, davom etmoq. Akasi uchuvchi edi, ukasi ham uning orqasidan ketdi. Bola otasi izidan ketib, o‘qituvchi bo‘ldi. Butun oilasi bu yerga rezavor ekib, mumkin qadar eldan burunroq bozorga chiqarib, pul qilishga tirishar edi. Abdishukur bu yo‘ldan ketmadi. Oybek, Tanlangan asarlar

11. 11. Tarqamoq, borib yetmoq (ovoza, dovruq va shu kabilar haqida). Shuhrati butun dunyoga ketdi. Ammo nomi tildan-tilga o‘tib, butun frontga dovrug‘i ketgan bu qizning o‘yida faqat Normat kechardi. I. Rahim, Chin muhabbat
Uning ta’rifi uzoqlarga ketgan. T. Ashurov, Oq ot

12. s. t. . t. Ishdan chiqmoq (masalan sinmoq, yorilmoq, yirtilmoq kabi ma’nolarni ifodalaydi). Shimim tizzasidan ketdi. Aravaning tagidan dehqonning ayanchli tovushi eshitildi: — O‘qi ketibdi, ish pachava. Oybek, Tanlangan asarlar

13. s. t. . t. Yarashib tushmoq (kiyim haqida). Bu kostyum senga juda ketibdi.

14. 14. Iste’mol qilinmoq, yeyilmoq yoki ichilmoq; o‘tmoq. Issiq kunda palov uncha ketmaydi. — Chuchvaradan keyin choy juda yaxshi ketadi-da, — dedi Boqijon Baqoyev, yuzidagi terni artib. A. Qahhor, Adabiyot muallimi

15. s. t. . t. (asosan bo‘lishsiz shaklda — ketmaydi) Qo‘shilmaslik, ma’qul emaslikni bildiradi. — Him, oqsoqol majlisni qadimgi zamon usulida tarafkashlikka aylantirmoqchi ekan-da. Ketmaydi, — dedi Abdurasul. P. Tursun, O‘qituvchi

16. 16. Sig‘moq, joylanmoq. Bu samovarga uch litr suv ketadi. Zalga ikki yuz kishi ketadi.

17. ko‘m. fl. vzf. vzf. Ravishdoshning-(i)b yoki-a/-y qo‘shimchali shakllariga birikib, harakatning tugal, to‘satdan, davomli bajarilishi kabi ma’nolarni bildiradi. Qizarib ketmoq. G‘ovlab ketmoq. Charchab ketmoq. Qo‘rqib ketdi. Mashina birdan g‘uvullab yurib ketdi. O‘z maqsadini tushuntira ketdi. Yo‘rg‘alay ketdi.

Antonim(lar)i: old [ida]
Sinonim(lar)i: orqa , rav [f-t], tur , jo‘na , yo‘qol

1. ket I Fe’l
jo‘namoq; sarflanmoq; yo‘qolmoq; sig‘moq

2. ket II Ot
oxir, nihoya

3. ket III Ko‘makchi fe’l
mustaqil fe’l anglatgan leksik ma’noga «kutilmaganda tez boshlanish va ma’lum muddat davom etish» grammatik ma’nosini qo‘shadi.

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. a’zoyi badandan o‘tib ketmoq: -

2. a’zoyi badandan sovuq ter chiqib ketmoq: -

3. a’zoyi badandan ter chiqib ketmoq: ruhiyatida juda keskin o‘zgarish sodir bo‘ldi ruhiyatini juda keskin o‘zgartirdi.

4. a’zoyi badanidan o‘tib ketmoq: -

5. a’zoyi badanidan sovuq ter chiqib ketmoq: -

6. a’zoyi badanidan ter chiqib ketmoq: -

7. alam ketmoq: -

8. aql boshidin ketmoq: -

9. aqldan ketmoq: -

10. aqli boshidin ketmoq: -

11. aqlindan ketmoq: -

12. armonda ketmoq: -

13. asaka ketmoq: -

14. asakasi ketmoq: kam bo‘lib qolmaydi.

15. asfalasofilinga ketmoq: 1.chuqurlikka, jarlikka tushib ketmoq; 2.ko‘chma halok bo‘lmoq, halokatga uchramoq

16. aspalasopilinga ketmoq: -

17. badandan o‘tib ketmoq: -

18. badandan ter chiqib ketmoq: -

19. badanidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

20. badanidan o‘tib ketmoq: -

21. badanidan ter chiqib ketmoq: -

22. bag‘ridan yulib ketmoq: -

23. baho oshib ketmoq: -

24. bahosi oshib ketmoq: -

25. barakasi ketmoq: serobligi yo‘qoldi, mo‘lligi barxam topdi.

26. bashorat keturmoq: -

27. bekor ketkazmoq: -

28. bekor ketmoq: -

29. bekor ketmoq : -

30. beli sinib ketmoq: -

31. belidan quvvati ketmoq: -

32. besh ketmoq: 1.pirra (karta) o‘yinida besh ochko olmoq; 2.gapni yoki ishni o‘rinlatib bajaruvchi odamga tan bermoq, qoyil qolmoq

33. beshik ketmoq: -

34. bet ochilib ketmoq: -

35. beti ochilib ketgan: uyalmaydigan bo‘lgan

36. beti ochilib ketmoq: -

37. bir qulog‘idan kirib, ikkinchi qulog‘idan chiqib ketmoq: -

38. bir quloqdan kirib, ikkinchi quloqdan chiqib ketmoq: -

39. bir xil bo‘lib ketmoq: -

40. bo‘ri yeb ketmoq: -

41. bo‘sh ketmoq: bekor ketmoq, zoye bo‘lmoq

42. bo‘yi tuynukdan chiqib ketayotgani yo‘q: -

43. bosh bilan kirib ketmoq: -

44. bosh bilan sho‘ng‘ib ketmoq: -

45. bosh g‘ovlab ketmoq: -

46. boshdan oshib-toshib ketmoq: -

47. boshi bilan kirib ketmoq: -

48. boshi bilan sho‘ng‘ib ketdi: butunlay berilib ketdi

49. boshi bilan sho‘ng‘ib ketmoq: -

50. boshi g‘ovlab ketmoq: -

51. boshi ketmoq: -

52. boshi tuynukdan chiqib ketayotgani yo‘q: -

53. boshidan ketarmoq: -

54. boshidan ketmaslik: -

55. boshidan oshib-toshib ketmoq: -

56. boshini olib chiqib ketmoq: -

57. boshini olib ketdi: butunlay tashlab ketdi

58. boshni olib chiqib ketmoq: -

59. botib ketmoq: -

60. bovuriday bo‘p ketgan: -

61. bu qulog‘dan kirib, u qulog‘dan chiqib ketadi: e’tibor bermaydi, xotirasida tutib qololmaydi

62. bu qulog‘idan kirib, u qulog‘idan chiqib ketmoq: -

63. bu quloqdan kirib, u quloqdan chiqib ketmoq: -

64. burd ketmoq: -

65. burdi ketmoq: -

66. burdini ketkizmoq: -

67. burdni ketkizmoq: -

68. chappasiga ketmoq: -

69. chehraning ochilib ketishi: -

70. chehrasining ochilib ketishi: -

71. dam ichga tushib ketmoq: -

72. dam ichiga tushib ketmoq: -

73. dami ichiga tushib ketdi: qo‘rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo‘lib qoldi

74. dami ichiga tushib ketmoq: -

75. darmondan ketmoq: -

76. daru dunyo qorong‘ilashib ketmoq: -

77. daru dunyosi qorong‘ilashib ketmoq: -

78. darz ketmoq: biror kuch, harakat ta’sirida putur yetmoq, zarbaga uchramoq, buzilmoq.

79. dom-daraksiz ketmoq: -

80. dong ketmoq: -

81. dong‘ dog‘iston ketmoq: -

82. dong‘ ketmoq: -

83. dong‘i dog‘iston ketmoq: -

84. dong‘i dog‘istonga ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi

85. dong‘i ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi

86. dong‘i ketmoq: -

87. dongi ketmoq: -

88. dovrug‘ ketmoq: -

89. dovrug‘i ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi

90. dovrug‘i ketmoq: -

91. dunyodan ketdi: qazo qildi, o‘ldi

92. dunyodan ketmoq: -

93. dunyodan ko‘z ochiq ketmoq: -

94. dunyodan ko‘zi ochiq ketmoq: -

95. dunyoni suv olib ketsa, to‘pig‘idan kelmaslik: -

96. dunyoni suv olib ketsa, to‘piqdan kelmaslik: -

97. duo ketmoq: -

98. eldan ketmoq: -

99. es chiqib ketmoq: -

100. es ketmoq: -

101. es og‘ib ketmoq: -

102. esi chiqib ketdi: nihoyatda qattiq qo‘rqdi

103. esi chiqib ketmoq: -

104. esi ketdi: 1)qiynalib holsizlandi 2)qayta–qayta mehribonlik, xayrixohlik bildirdi

105. esi ketib: berilib, mahliyo bo‘lib

106. esi ketmoq: -

107. esi ketmoq: -

108. esi og‘ib ketdi: xayoli biror narsa haqidagi o‘y– xotiralar haqida band bo‘ldi

109. esi og‘ib ketmoq: -

110. esxona chiqib ketmoq: -

111. esxonasi chiqib ketmoq: -

112. et- etidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

113. et-etdan o‘tib ketmoq: -

114. et-etidan o‘tib ketmoq: -

115. futur ketmoq: -

116. futuri ketmoq: -

117. gap ketmoq: -

118. gapini ilib ketmoq: -

119. gapni ilib ketmoq: -

120. hasratga tushib ketmoq: -

121. havo bo‘ylab ketmoq: -

122. holdan ketdi: toliqdi, darmonsizlandi

123. holdan ketkazdi: toliqtirdi, darmonsizlantirdi

124. holdan ketkazmoq: -

125. holdan ketmoq: -

126. hush dan ketmoq: -

127. hush ketmoq: -

128. hushdan ketmoq: -

129. hushi dan ketmoq: -

130. hushi ketdi: mahliyo bo‘lib qoldi

131. hushi ketmoq: -

132. hushidan ketdi: behush bo‘ldi

133. hushidan ketmoq: -

134. ichda zil ketmoq: -

135. ichdan qirindi o‘tib ketmoq: -

136. ichdan qon o‘tib ketmoq: -

137. ichdan zil ketmoq: -

138. ich-ichdan ketmoq: -

139. ich-ichdan zil ketmoq: -

140. ich-ichidan zil ketmoq: -

141. ichida zil ketmoq: -

142. ichidan qirindi o‘tib ketmoq: -

143. ichidan qon o‘tib ketmoq: -

144. ichidan zil ketmoq: -

145. ikki qo‘l ko‘ksida ketmoq: -

146. ikki qo‘li ko‘ksida ketmoq: -

147. imonsiz ketmoq: -

148. ishtahasi iniga kirib ketmoq: -

149. itining tuvagi tilladan bo‘lib ketmoq: -

150. itning tuvagi tilladan bo‘lib ketmoq: -

151. ixtiyorining inoni alindan ketmoq: -

152. jahondan ketdi: qazo qildi, o‘ldi

153. jahondan ketmoq: -

154. jon chiqib keta yozmoq: -

155. jondan o‘tib ketmoq: -

156. jondin ketmaslik: -

157. joni chiqib keta yozmoq: -

158. jonidan o‘tib ketmoq: -

159. jon-jondan o‘tib ketmoq: -

160. jon-jonga singib ketmoq : -

161. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

162. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1)jismonan va alamli ta’sir qildi, qaqshatdi

163. jon-jonidan o‘tib ketmoq: -

164. jon-joniga singib ketmoq: -

165. jonjoniga, qon-qonga singib ketmoq: -

166. jonjoniga, qon-qoniga singib ketmoq: -

167. jon-pon chiqib ketmoq: -

168. jon-pon chiqib ketmoq: -

169. jon-poni chiqib ketdi: nihoyatda qattiq qo‘rqdi

170. jon-poni chiqib ketmoq: -

171. jon-poni chiqib ketmoq : -

172. jon-poni chiqib ketmoq: -

173. kalla g‘ovlab ketmoq: -

174. kallasi g‘ovlab ketdi: o‘ylayverib gangidi

175. kallasi g‘ovlab ketmoq: -

176. katta ketdi: imkoniyatiga ortiqcha baho berdi

177. katta ketmoq: -

178. kattadan ketmoq: -

179. ketdan tushmoq: -

180. ketga tushmoq: -

181. ketga tushmoq : -

182. keti uzilmadi: -

183. ketidan qolmaslik: -

184. ketidan tushdi: qayerga borsa, zimdan ta’qibqilib bordi

185. ketidan tushmoq: -

186. ketiga tushdi: 1)zimdan yurib butun xatti-harakatlarini ta’qib qildi 2) manfaatdor bo‘lgani holda berilib harakat qildi

187. ketiga tushmoq : -

188. ketiga tushmoq: -

189. ketmoq: -

190. ko‘ngil bir xil bo‘lib ketmoq: -

191. ko‘ngil sust ketmoq: -

192. ko‘ngli aldan ketmoq: -

193. ko‘ngli bir xil bo‘lib ketmoq: -

194. ko‘ngli sust ketmoq: -

195. ko‘nglu kelib ketmoq: -

196. ko‘pi ketib, ozi qoldi: -

197. ko‘z chig‘anog‘idan chiqib ketmoq: -

198. ko‘z ketmoq: -

199. ko‘z kosasidan chiqib keta yozmoq: -

200. ko‘z o‘ngdan ketmaslik: -

201. ko‘z o‘ngidan ketmaslik: -

202. ko‘z ochiq ketmoq: -

203. ko‘z ola-kula bo‘lib ketmoq: -

204. ko‘z olddan ketmaslik: -

205. ko‘z oldidan ketmaslik: -

206. ko‘z qinidan chiqib ketmoq: -

207. ko‘z uyquga ketmoq: -

208. ko‘zdan o‘t chiqib ketmoq: -

209. ko‘zga ko‘rinib ketmoq: -

210. ko‘zi chig‘anog‘idan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

211. ko‘zi chig‘anog‘idan chiqib ketmoq: -

212. ko‘zi ketdi: uxlay boshladi

213. ko‘zi ketmoq: -

214. ko‘zi kosasidan chiqib keta yozmoq: -

215. ko‘zi kosasidan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

216. ko‘zi ochiq ketmoq: -

217. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi

218. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi

219. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketmoq: -

220. ko‘zi qinidan chiqib keta yozmoq: -

221. ko‘zi qinidan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

222. ko‘zi qinidan chiqib ketayozmoq: -

223. ko‘zi qinidan chiqib ketmoq: -

224. ko‘zi uyquga ketmoq: -

225. ko‘zidan o‘t chiqib ketmoq: -

226. ko‘ziga ko‘rinib ketdi: birdaniga xotirasida gavdalandi

227. ko‘zining ola-kulasi chiqib ketmoq: -

228. ko‘zining paxtasi chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

229. ko‘zlar kosasidan chiqib keta yozmoq: -

230. ko‘zlar qinidan chiqib ketmoq: -

231. ko‘zlari kosasidan chiqib keta yozmoq: -

232. ko‘zlari qinidan chiqib keta yozmoq: -

233. ko‘zlari qinidan chiqib ketayozmoq : -

234. ko‘zlari qinidan chiqib ketmoq: -

235. ko‘zning ola-kulasi chiqib ketmoq: -

236. ko‘zumdan ketmaslik: -

237. kun ketmoq: -

238. lop desa, ola qopni ko‘tarib ketmoq: -

239. mazasi ketdi I: sog‘ligi yomonlashdi

240. mazasi ketdi II: biror ishi yomonlashib, inqirozga yuz tutdi

241. mazasi ketmoq: -

242. mendan ketguncha, egasiga yetguncha: -

243. miya g‘ovlab ketmoq: -

244. miyasi g‘ovlab ketdi: o‘ylayverib gangidi

245. miyasi g‘ovlab ketmoq: -

246. mukka bilan tushib ketmoq: -

247. mukka ketmoq: -

248. mukkasi bilan tushib ketmoq: -

249. mukkasidan ketdi: o‘zini tiya olmaslik darajasida berilib ketdi

250. mukkasidan ketmoq: -

251. nafas ichga tushib ketmoq: -

252. nafas ichiga tushib ketmoq: -

253. nafasi ichiga tushib ketdi: qo‘rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo‘lib qoldi

254. nafasi ichiga tushib ketmoq: -

255. nafaslar ichga tushib ketmoq: -

256. nari yoq-beri yog‘dan o‘tib ketmoq: -

257. naryoq-beryog‘dan o‘tib ketmoq: -

258. naryoq-beryog‘idan o‘tib ketmoq: -

259. nima ketmoq: -

260. nom ketmoq: -

261. nomi ketmoq: -

262. o‘rmonga o‘t ketsa, ho‘l-u quruq barobar yonadi: -

263. o‘rtadan ketmoq: -

264. o‘rtag‘a keturmoq: -

265. o‘t chiqib ketmoq: -

266. o‘tganning o‘rog‘ini, ketganning ketmonini olmoq: -

267. o‘tib ketdi I: vafot yetdi

268. o‘tib ketdi II: 1)jismonan va alamli ta’sir qildi, qaqshatdi 2)ruhan alamli ta’sir qildi

269. o‘tib ketmoq : -

270. o‘tib ketmoq: -

271. o‘zdan ketmoq: -

272. o‘zidan ketdi: behush bo‘ldi

273. o‘zidan ketmoq: -

274. o‘zini bilmay ketmoq: -

275. o‘zni bilmay ketmoq: -

276. og‘izdan ona sut ketmaslik: -

277. og‘zidan ona suti ketmagan: hali yosh, tajribasiz

278. og‘zidan ona suti ketmaslik: -

279. olamdan ketdi: qazo qildi, o‘ldi

280. olamdan ketmoq : -

281. olamdan ketmoq: -

282. oldinga bosgan oyog‘i keyinga ketavermoq: -

283. oldinga bosgan oyoq keyinga ketavermoq: -

284. omad ketmoq: -

285. omadi ketmoq: -

286. ona suti og‘izdan ketmaslik: -

287. ona suti og‘zidan ketmagan: hali yosh, tajribasiz

288. ona suti og‘zidan ketmaslik: -

289. orqasiga ketmoq: -

290. ostiga suv ketmoq: -

291. ostonasigacha oltindan bo‘lib ketmoq: -

292. ovozasi ketmoq: -

293. pinak ketmoq: -

294. pinakka ketdi: 1)uxlab qoldi 2)xayolga cho‘mdi

295. pinakka ketmoq: -

296. pinakka ketmoq : -

297. piyoz po‘stidek bo‘lib ketmoq: -

298. piyozning po‘stidek bo‘lib ketmoq: -

299. putur ketmoq: -

300. qirqi ketib, biri qoldi: -

301. qo‘ldan ketdi: kimningdir hukmidan, ixtiyoridan chiqib ketdi

302. qo‘ldan ketkazmoq: -

303. qo‘ldan ketkizmoq: -

304. qo‘ldan ketmoq: -

305. qon-qonga singib ketmoq: -

306. qon-qoniga singib ketmoq: -

307. qulog‘ini tishlab ketmoq: -

308. qulog‘ini ushlab ketmoq: -

309. quloqni tishlab ketmoq: -

310. quloqni ushlab ketmoq: -

311. rang bo‘z bo‘lib ketmoq: -

312. rang ketmoq: -

313. rangi bo‘z bo‘lib ketmoq: -

314. rangi ketmoq: -

315. sadaqasi ketmoq: -

316. sadaqasi ketsa arzimoq: -

317. sen aytgan tollar kesilib ketmoq: -

318. shart ketib, part qolmoq: -

319. sharti ketib, parti qolmoq: -

320. shishib ketgan: kibrlandi, gerdaydi

321. shishib ketgan: gerdayib ketdi, kibrga berildi

322. sichqon ini ming tanga bo‘lib ketmoq: -

323. siqilib ketgan: ziq bo‘lgan

324. siz aytgan tollar kesilib ketmoq: -

325. so‘zni ilib ketmoq: -

326. sochlar tikka-tikka bo‘lib ketmoq: -

327. sochlari tikka-tikka bo‘lib ketmoq: -

328. soyasida qolib ketmoq: -

329. sukutga ketmoq: -

330. suvga urib ketmoq: -

331. suyagidan o‘tib ketmoq: -

332. suyak-suyagidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

333. suyak-suyagidan o‘tib ketmoq: -

334. suyak-suyagiga botib ketmoq: -

335. suyak-suyakdan o‘tib ketmoq: -

336. suyak-suyakka botib ketmoq: -

337. tagiga suv ketmoq: -

338. tars yorilib ketgudek bo‘lmoq: -

339. tegib ketdi: gap-so‘zi ta’sir qildi

340. tegib ketmoq: -

341. Tepa soch tik bo‘lib ketmoq: -

342. Tepa sochi tik bo‘lib ketmoq: -

343. tepa sochi tikka bo‘lib ketdi: bir lahzaning o‘zida nihoyatda g‘azablandi

344. ter chiqib ketmoq: -

345. teri sig‘may ketmoq: -

346. teriga sig‘may ketmoq: -

347. terisi sig‘may ketmoq: -

348. terisiga sig‘may ketdi: behad sevindi

349. terisiga sig‘may ketmoq: -

350. tila keturmoq: -

351. tilina keturmoq: -

352. titig‘i chiqib ketibdi: 1. titilib, to‘zib uvadasi chiqibdi, juldur-juldur, dabdala bo‘libdi 2. ko‘chma dabdalasi, majag‘i chiqibdi, tor-mor bo‘libdi

353. to‘qayga o‘t ketsa, ho‘l-u quruq barobar yonadi: -

354. tomog‘ taqirlab ketdi: -

355. tomog‘i taqirlab ketdi: -

356. toqat keturmaslik: -

357. toqatining inoni alindan ketmoq: -

358. tovog‘ tilladan bo‘lib ketdi: -

359. tovog‘i tilladan bo‘lib ketmoq: -

360. tovoq tilladan bo‘lib ketmoq: -

361. turtkisini yeb ketavermoq: -

362. u qulog‘idan kirib, bu qulog‘idan chiqib ketdi: e’tibor bermay, xotirasida tutib qololmaydi

363. u qulog‘idan kirib, bu qulog‘idan chiqib ketmoq: -

364. u quloqdan kirib, bu quloqdan chiqib ketmoq: -

365. uyquga ketmoq: -

366. xayol ketdi: -

367. xayoli ketdi: -

368. xayolidan nari ketmaslik: nima Unuta olmaslik, ko‘z oldida doim namoyon bo‘lmoq

369. xudo urdi-ketdi: -

370. yelga ketmoq: -

371. yer yorilmadi-yu, kirib ketmaslik: -

372. yer yorilmadi, yerga kirib ketmaslik: -

373. yer yorilmadi, yerga kirib ketsa: -

374. yer yorilmadiki, kirib ketsa: -

375. yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadi: nomus qilganidan o‘zini qayoqqa olib qochishni bilmadi

376. yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmaslik: -

377. yer yorilsa-yu, kirib ketsa : -

378. yer yorilsa-yu, yerga kirib ketsa: -

379. yerga kirib ketmoq: qattiq izza bo‘ldi, o‘sal bo‘ldi

380. yerina keturmoq: -

381. yo‘lini topib ketmoq: -

382. yo‘lni topib ketmoq: -

383. yomon yo‘lga kirib ketmoq: -

384. yuragi chiqib ketdi: bir lahzada kuchli hayajonlanish bilan qattiq qo‘rqib ketdi

385. yuragi chiqib ketmoq: -

386. yuragi jig‘ etib ketmoq: -

387. yuragi jig‘ etib ketmoq: -

388. yuragi orqaga tortib ketmoq: -

389. yuragi orqasiga tortib ketmoq: bir lahza ich-ichidan qo‘rqish aralash qattiq hayajonlandi

390. yuragi orqasiga urib ketmoq: -

391. yuragi shig‘ etib ketdi: bir lahza ich–ichidan qo‘rqish aralash hayajonlandi

392. yuragi shig‘ etib ketmoq: -

393. yuragi shuv etib ketmoq: -

394. yuragi tars yorilib keta yozmoq: sabr–chidami tugab, xunob bo‘lib ketdi

395. yuragi toshib ketmoq: -

396. yuragi yorilib ketamoq: -

397. yuragi yorilib ketay demoq: -

398. yurak chiqib ketmoq: -

399. yurak jig‘ etib ketmoq: -

400. yurak jig‘ etib ketmoq: -

401. yurak orqaga tortib ketmoq: -

402. yurak orqaga urib ketmoq: -

403. yurak orqasiga tortib ketmoq: -

404. yurak shig‘ etib ketmoq: -

405. yurak shuv etib ketmoq: -

406. yurak tars yorilib keta yozmoq: -

407. yurak toshib ketmoq: -

408. yurak yorilib ketamoq: -

409. yurak yorilib ketay demoq: -

410. yurak-puragi chiqib ketmoq: -

411. yurak-puragini chiqib ketmoq: -

412. yurak-purak chiqib ketmoq: -

413. zil ketkizmoq: -

414. zil ketmoq: -

415. zoye ketkazmoq: -

416. zoye ketmoq: befoyda sarflandi

1. Bor – jo‘na – yo‘qol – yo‘qolib ket – daf bo‘l – qorangni o‘chir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgidagi salbiylikning ortib borishiga ko‘ra )

2. Juda – eng – g‘oyat – benihoya – rosa – o‘taketgan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

3. Kelishgan – xushbichim – xushqomat – bejirim – ketvorgan – lobar – tamtam
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ijobiylik belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.