1.  Kishnov tovushi chiqarmoq (ot haqida).
                
                                        Yelib-yo‘rg‘alab ketayotgan to‘riq daf’atan tumshug‘ini baland ko‘tarib, qattiq kishnadi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
                        Jang hidini sezgan arg‘umoqlar achchiq kishnab, osmonga sapchidi, olamni vahshiy qiyqiriq va qilichlarning sharaq-shurug‘i tutdi.
                        O. Yoqubov, Ko‘hna dunyo