1. 1. Kishining his-tuyg‘u va kechinmalari manbai; yurak, qalb, dil. Ko‘nglida yaxshi niyatlari ko‘p. Ko‘nglim quvonchlarga to‘ldi. ▬ Baxt, iqbol, farovonlik orzulari ko‘ngilda to‘la, ammo bu damda bir parcha chapatiga zorlik qanday musibat. Oybek, Nur qidirib [Zaynab:] — Ko‘nglimda tariqdek yomonlik bo‘lsa, ertagacha yetmayin. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar Nigoraning ko‘nglini qandaydir g‘amgin his-tuyg‘ular egallab oldi. S. Anorboyev, Oqsoy Aslida esa hozir uning ko‘nglida bir-biriga zid, asov tuyg‘ular junbishga kelib, jism-u jonini goh bezovta qilsa, goh halovatli kechinmalarga g‘arq etayotgan edi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
2. 2. Fe’l-atvor, xarakter, xulq. Jahldan tushgandan keyin yana yumshab qolasiz, rais, ko‘nglingiz bo‘sh. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
1. ko‘ngli xijil bo‘lmoq: -