1.  Biror ish, iltimos, shart, talab va shu kabilarga rozi bo‘lmoq; xo‘p demoq, unamoq.
                Maslahatga ko‘nmoq. Ganga ko‘nmoq. Shartga ko‘nmoq.
                    ▬
                                        Uni tashlab, bir tuya bilan ketishga tuyachilar ko‘nmadi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        U qizining bunchalik tez ko‘nib, rozilik berganidan juda-juda xafa ko‘rinardi.
                        N. Fozilov, Diydor
                        
                        Yigit ko‘nsa, ichkuyov qilaman, ko‘nmasa, qizimning baxtiga zomin bo‘lmayman.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
            
            
                2.  Qanoat qilmoq, ko‘nikmoq.
                Ozga ko‘nmoq. Boriga ko‘nmoq. Qiyinchiliklarga ko‘nmoq.
                    ▬
                                        Keyin, ish bilan ovora bo‘lib, ko‘nikib ketarman Odam bolasi nimalarga ko‘nmaydi?
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
                        Quloq solgin cho‘ponning nolishiga, Yigit ko‘nar, savdo tushsa boshiga.
                        Alpomish
                        
            
            
                3.  Yig‘i, xarxashadan to‘xtamoq; ovunmoq (yosh, go‘dak bolalar haqida).
                
                                        Marhamat obdan yig‘ladi. Yuz-ko‘zlarini, sochini, muzdek oyoq-qo‘llarini silab ovutaman, qani ko‘nsa-chi.
                        S. Siyoyev, Avaz