1. 1. Ko‘rmoq fe’lining birgalik nisbati. Siz bilan anchadan beri ko‘rishganimiz yo‘q. Bolalar kino ko‘rishdi. ▬ Bular ko‘prikdan o‘tishda ajoyib manzarani ko‘rishdi A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. 2. Salom-alik qilishmoq, salomlashmoq. Isroil, Eminlar ham u bilan boshqatdan quchoqlashib ko‘rishdilar. I. Rahim, Chin muhabbat — Xush kelibsiz xursandman, — dedi uy egasi ular bilan ko‘rishib. M. Osim, Ibn Sino qissasi
3. 3. Uchrashmoq, yuz ko‘rishmoq. Xayr, ertaga ko‘rishamiz. Ular tez-tez ko‘rishib turishadi. ▬ — Ko‘rishganimizga ancha bo‘ldi, — bazo‘r javob berdi Yo‘lchi. Oybek, Tanlangan asarlar Shu yigitni ko‘rsam, bir g‘alati bo‘lib ketaman, dermish. Ha, Sora ham, ko‘rishganlarida bir oz rangi o‘chardi, deydi. P. Tursun, O‘qituvchi
1. diydor ko‘rishdi: bir-birini oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin ko‘rdi
2. diydor ko‘rishmoq: -
3. ko‘rishga ko‘z yo‘q: -
4. ko‘rishga ko‘zi yo‘q: -