1.  Tirik mavjudotning ko‘rish a’zosi.
                Ko‘zi yoshli odamni Ko‘zim aslo ko‘rmasa. Shuhrat.
                    ▬
                                        Ko‘z kosasi. Ko‘z oqi. Ko‘z qorachig‘i. Qora ko‘z. Ko‘k ko‘z. Xumor ko‘z. Ayagan ko‘zga cho‘p tushar.
                        Maqol
                        
                        Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi.
                        Maqol
                        
                        Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir.
                        Maqol
                        
                        Maston, unga e’tibor qilmay, otning tumshug‘idan ko‘tarib, uning ochiq qolgan ko‘zlariga qaradi.
                        A. Qahhor, Maston
                        
                        Gavhar o‘rtadagi simyog‘och uchida osilib turgan lampochka yorug‘idan qamashgan ko‘zlarini kafti bilan pana qilib, yog‘och zinalardan chiqib keldi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
            
            
                2.  Nazar, nigoh; qarash.
                
                                        [Kumushning] Ko‘zlari o‘ynaguvchi qizlarda bo‘lsa ham, haqiqatda boshqa bir narsani ko‘rgandek.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Gulnor buzuq qiz bo‘lsa, ko‘zimizdan uzoqroq joyga yo‘qolgani yaxshi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Zulfizarni esa odamlarning yomon ko‘zlaridan oltinlarni yashirganday yashirasan.
                        K. Yashin, Hamza
                        
                        Mansur hamon indamas, ko‘zlarini bir nuqtadan uzmas edi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
            
            
                3.  Ko‘rish qobiliyati.
                Ko‘zi xira. Ko‘zi o‘tkir. Ko‘zi ojiz. Ko‘zi yaxshi emas.
                    ▬
                                        Bir vaqtlar do‘ppi tikdim, ko‘rpa qavidim endi unday ishlarga ko‘zim o‘tmaydi.
                        Oybek,Tanlangan asarlar
                        
                        Yozuvchining ko‘zi ham, dimog‘i ham, qulog‘i ham hech kimnikiga o‘xshamaydi.
                        Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
                        
            
            
                4. ko‘chma hma Ba’zi narsalarning biror belgi bilan ajralib, ko‘zga o‘xshab ketadigan qismi, bo‘lagi.
                Derazaning ko‘zi. Yog‘ochning ko‘zi. Buloqning ko‘zi.