1.  Maxsus usulda buzilmaydigan qilib ishlab, uzoq vaqt saqlash uchun germetik yopiladigan (havo o‘tkazmaydigan) bankalarga solib qo‘yilgan oziq-ovqat mahsuloti.
                Baliq konservasi. Go‘sht konservasi. Konserva bankasi. Konserva zavodi,
                    ▬
                                        Jangchilarga qattiq non va konserva ulashdilar.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
                        Pichoqchaning uchini konserva bankasiga qadab, bezakdor sopi ustidan kafti bilan ura boshladi.
                        N. Aminov, Suvarak