1.  Qo‘l ishi bilan shug‘ullanuvchi hunarmand.
                
                                        Kuli sust kosibdan oyog‘i ildam gadoy yaxshi.
                        Maqol
                        
                        Usta Mo‘min yolg‘izqo‘l bir kosib edi.
                        A. Qahhor, Asror bobo
                        
                        Naymancha — azaldan kosiblar mahallasi Bo‘zchilik — bu yerdagilarning qariyb hammasiga ota kasb.
                        A. Muxtor, Opa-singillar
                        
            
            
                2.  Oyoq kiyimi (etik, mahsi va shu kabilar) tikish bilan shug‘ullanuvchi hunarmand.
                
                                        Bu odamlarning biri — Farmon kal laqabli etikdo‘z kosib bo‘lib, yoshi o‘tishi bilan u tuzalib ketgan.
                        Mirmuhsin, Me’mor